
Gvardiola: Hech qaysi futbolchi rad etolmaydigan uch klub bor!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola polshalik hujumchi Robert Levandovskining “Bavariya”dan “Barselona”ga o‘tganiga munosabat bildirdi.
Ispan mutaxassisi o‘z davrida har ikki klub bilan ham muvaffaqiyatga erishgan.
- Robert “Bavariya” uchun muhim o‘yinchi edi, lekin tarkibning asosini Noyer, Myuller va Kimmix tashkil qiladi. Bu yoz “Bavariya” zo‘r transferlarni amalga oshirdi.
Bundan tashqari, futbolchilar “Real”, “Barselona” va “Bavariya” kabi klublarning takliflarini rad etolmaydi. Boshqa klublar esa, bunaqa transferlar uchun katta xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar