
Gvardiola: Biz rejasiz, maqsadsiz to‘p tepdik va qiyinchilikka duch keldik
Kecha "Manchester Siti" APL doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi bahs olib bordi va 4:2 hisobidagi ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu o‘yindan so‘ng "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Oxirgi ikki o‘yinda ko‘p gol o‘tkazib yubordik. Umumiy hisobda 5 ta gol va bu atigi 2 bahsga to‘g‘ri kelmoqda. Bu biz uchun juda yomon ko‘rsatkich.
Bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Qiyinchiliklarni engib o‘ta oldik. Muhimi, shundan xursand bo‘ldim.
Biz rejasiz, maqsadsiz to‘p tepdik. Bu ustida ishlashimiz kerak. Bog‘lamlarda, umumiy harakatlanishda xatolarga yo‘l qo‘ymoqdamiz. Buni yigitlarga ham aytdim.
Xoland gol urish qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘ziga xos hujumchi va u shunday qilmoqda. Erling raqibning kamchiligidan mukammal foydalana oladi. Kecha Xolandning gollari bizga muhim ochkolarni keltirdi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar