
Gvardiola “Barsa”ning eng zo‘r yulduzini olib ketmoqchi
“Barselona”ning joriy mavsumdagi eng zo‘r o‘yinchisi Rafinya faoliyatini yana Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lyapti.
El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, braziliyalik legioner xizmatlariga tarkibini yangilash siyosatini yuritayotgan “Manchester Siti” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “shaharliklar” to‘purar o‘yinchini olish uchun kataloniyaliklarga 80 million evro miqdorida badal puli taklif qilmoqchi.
Kataloniyaliklar 28 yoshli futbolchini 2022 yilning yozida “Lids”dan 58 million evroga transfer qilgan edi. Avvalgi yillar harakatlari ko‘p bora e’tirozlarga sabab bo‘lgan hujumkor futbolchining o‘yini birdaniga ochilib ketdi.
Rafina joriy mavsumda 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 27 ta gol va 20 ta golli pas yozdirib qo‘ydi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi.
Fikrlar