
Gvardiola “Barsa”dan futbolchi kutyapti
“Barselona”ning tajribali futbolchilaridan biri Serji Roberto Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Garchi kataloniyaliklar 29 yoshli futbolchini yangi shakllantirilayotgan tarkibda qolishiga qarshi bo‘lmasa-da, uning maoshini teng yarmiga qisqartirmoqchi.
Robertoni Xosep Gvardiola “Manchester Siti”ga chorlamoqda. Ispaniyalik mutaxassisga hamyurtining universalligi ma’qul kelmoqda.
Kelasi yili shartnomasi tugaydigan Roberto ham Kataloniya klubidan jo‘yali taklif olishiga ishonmayapti. Shu bois, u yozda “shaharliklar” taklifini qabul qilishi mumkin.
Bundan tashqari, “Siti” rahbariyati Robertoni olib, uning o‘rniga jamoadan ketmoqchi bo‘lib yurgan himoyachi Emerik Laportni “Barselona”ga jo‘natish varianti ham ishlanmoqda.
Fikrlar