
Gvardiola “Barsa” taklifini rad qildi
“Barselona” rahbariyati “Manchester Siti”ning yosh himoyachisi Erik Garsiyani Kataloniyaga qaytarib olib kelmoqchi.
19 yoshli futbolchi joriy mavsumda Gvardiola jamoasida debyutini nishonladi va jami to‘qqizta o‘yinda qatnashdi. O‘tkazilgan muzokaralarda manchesterliklar "Barsa" taklifini qabul qilmadi.
Erik Garsiya kelasi yili futbolchilik faoliyatini yakunlashi kutilayotgan Jerar Pike o‘rnini egallashi kutilayotgan edi. Aslida Erik kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Manchester Siti” 2017 yilda uni 1,7 million funtga sotib olgan.
Ayn paytda yosh himoyachining narxi 6 million funtni tashkil qilmoqda.
Fikrlar