
Gvardiola APLdagi eng zo‘r futbolchi nomini aytdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Aston Villa” darvozasiga super gol urib, jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan Bernardu Silvaning o‘yiniga juda yuqori baho berdi.
- Bernardu – premer-liganing eng zo‘r o‘yinchisi. Uning urgan golini qayta tomosha qiling va siz bunga amin bo‘lasiz. Silva hujumni zo‘r yakunladi. Hayratlanarli gol, - dedi Xosep Gvardiola.
27 yoshli portugaliyalik yarim himoyachi joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga beshta aniq zarba va bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar