Guskov qotil kiyimida, Yan Merabni duduqlantirib qo‘ydi, Pantojadan kamtarona javoblar, Vandan iddaoli so‘zlar, Moreno, Sehudo, Telbot, Tayra, Blaxovich nimalar dedi?
"UFC 323" turnirining matbuot anjumani ortda qoldi. Keling, unda nimalar bo‘lganini ko‘rib chiqsak!
Merab ushbu jangda yana-da texnikasiga tayanishini, Yan g‘alaba qozonishni istasa, uni nokaut qilishi kerakligini aytdi.
Pyotr: "Birinchi jangda o‘ng qo‘limda jarohat bor edi, shu bois bir qo‘l bilan kurashganman", dedi. Merab esa "bu bahs uchun qanday bahonang bor", degan savol bilan yuzlandi, Yan esa "100 % jangga tayyorman, hech qaerimda muammo yo‘q, har bir mashina kun kelib buziladi," deb javob qaytardi. Bu esa Dvalishvilining laqabiga otilgan "tosh" edi.

Qolaversa, jakuzi mavzusi yana ochildi. "UFC 311" matbuot anjumanida ochilgan bu ochildasturxon haligacha yopilmadi (Ma’lumot uchun, "UFC 311" turnirining markaziy jangi Tsarukyanning jarohati sabab Islom va Moykano, ikkinchi markaziy to‘qnashuv Umar va Merab orasida bo‘lib o‘tgan edi). O‘sha payt jurnalist Maxachevga "Umar bilan bog‘liq eng chiroyli xotirang qaysi?" degan savoliga Islom "Uning chempiionlik..." deb gap boshlashi bilan hamonoq Merab "Jakuzi qanday, jakuzi" degan edi. Ushbu video esa ijtimoiy tarmoqlarda virusdek tarqalib ketgandi. Umar esa men u erda yo‘q edim, deya jahli bilan javob qaytardi. Gurjistonlik Internetdagi Xabib jamoasining jakuzidagi rasmini nazarda tutgan edi. Keyinchalik Ariel Xelvanining intervyusida ko‘rinish bergan Merab jurnalistning "Umar u erda yo‘q edi", degan gapiga Merab "qanday qilib u yo‘q bo‘ladi, menimcha, u rasmga olayotgandi" degandi. Keyinchalik Merab erkaklar bilan to‘la jakuzida Umarga kinoya qilgandi va "Umarni chaqirmadik" degan videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylagandi. Shuningdek, "UFC 316" oldidan O'melli bilan birga jakuzida ko‘rinish bergandi va ayni gaplarni aytgandi.

Bu safar Merab Pyotr Yanga jakuzi hazilini qilib, uni jakuzi partisiga taklif qildi. Rossiyalik esa unga rad javobini berdi va "sening jakuzingda menga joy yo‘q, zotan u erda ziyodasi bilan erkaklar bor" deb aytib o‘tdi. Merab esa "erkak ham, ayol ham bo‘ladi", degan javobiga Yan "seni hech qachon ayollar bilan ko‘rmadim" deb hazilini "o‘ziga edirdi". Shu on Merab duduqlanib qoldi va kulib yubordi. Shunday qilib, jang oldi matbuot anjumani g‘olibi Pyotr Yan bo‘ldi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish joiz, sportchilar kardiosini mustahkamlash uchun, suvda mashg‘ulot olib borishadi. Dvalishvili UFC dagi kardiosi mustahkam bo‘lgan eng yaxshi jangchi canaladi.

Aleksandr Pantoja esa raqibining iyun oyida ikki hafta ichida Brendon Royvalga qarshi jangni olib, qanday urishganini, hozir esa to‘liq mashg‘ulot lageridan kelayotganiga urg‘u berib, Vanning ne qadar iqtidorli jangchi ekanini aytib o‘tdi. Van esa jangni uchinchi raundgacha tugatishini, UFC dagi eng yosh ikkinchi chempionga aylanishini (eng yoshi Jon Jons 23 yoshda bo‘lgan) ta’kidladi va XXI asrda tug‘ilgan ilk chempionga aylanishini iddao qildi.

Tatsura Tayra Brendon Morenoni finish qilishini va Kyoji Xoriguchidan o‘tib yapon muxlislarning eng sevimli jangchisiga aylanib olish niyati borligini aytdi. Brendon Morenoga nafaqat u, balki Genri Sehudo ham gap otdi. Sehudoning bu oqshom Telbotga qarshi so‘nggi jangiga chiqishi kutilyapti, lekin u UFC ga faqat bitta jangchi uchun qaytishi mumkinligi, u esa meksikalik jangchi ekanini ifoda etdi. Brendon Moreno esa bunga jiddiy qaramayotganini, kamar uchun jang qilishni istayotganini xabar berdi.

Hamyurtimiz Bogdan Guskov qotil liboslarda tashrif buyurib, barchaning e’tiborini tortdi va nokaut qilmoqchi ekaniga ishora qildi. Blaxovich esa raqibidan 10 yil tajribasi ko‘proq ekanini va shu bois g‘alabaga erisha olishi mumkingini tilga oldi.

Barcha gaplar aytildi, endi hammasi oktagonda hal bo‘ladi! UFC olamidagi eng so‘nggi yangiliklarni "Sports.uz" saytida kuzatib boring.
Azizbek G‘OZIY tayyorladi



Fikrlar