
Grizmannga yana ikki top klub xaridor bo‘lmoqda
Hujumchi Antuan Grizmann qishki transfer oynasi vaqtida ijaraga yuborilishi mumkin. 29 yoshli forvard uchun "Inter" va "Yuventus" qiziqish bildirmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Grizmann "Barselona"dagi o‘rnidan norozi bo‘lyapti. Agar Ronald Kuman forvard masalasida fikrini o‘zgartirmaydigan bo‘lsa, unda frantsuz jamoasini o‘zgartiradi.
Italiyaliklar uchun Antuanning shaxsiy shartnomasi bo‘yicha muammo vujudga kelishi mumkin. Ayni damda Kataloniyada 18 million evro maosh olayotgan futbolchining 2022/23 mavsumdagi ish haqi 23 million evrogacha ko‘tarilishi mumkin.
Joriy mavsumda Grizmann Ispaniya chempionatida 3 ta o‘yinda 61 daqiqa harakat qildi.
Fikrlar