
Grizmann bu borada tengsiz!
Antuan Grizmann 2017 yilning iyunidan beri Frantsiya terma jamoasining birorta o‘yinini, jumladan, o‘rtoqlik o‘yinlarini ham o‘tkazib yubormadi. Grizmanning seriyasi allaqachon 81 o‘yinga etdi va bu xalqaro futboldagi mutlaq rekorddir.
Grizmann oxirgi marta 2017-yilning 13-iyunida Frantsiya terma jamoasi o‘yinida maydonga tushmagandi. O‘shanda futbolchi Angliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (frantsuzlar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan) 90 daqiqani zaxirada o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, juma kuni "uch ranglilar" safarda Niderlandiyani mag‘lub etdi (2:1) va Evropa chempionati-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.Turnir Germaniyada bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar