
Grizmann "Barsa"ning EChLdan chiqib ketganiga munosabat bildirdi
Mavsumni “Atletiko” safida ijara asosida o‘tkazayotgan “Barselona” hujumchisi Antuan Grizmann Kataloniya klubining Chempionlar ligasini tark etishi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Barselona" Chempionlar Ligasidan chiqib ketdimi? Bu meni hayratda qoldirmoqda, chunki ular doim Chempionlar ligasida bo‘lishgan va u erda uzoq yillar o‘ynashgan.
Ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. Juda muhim futbolchi bo‘lgan Leo Messi ketdi, keyin murabbiy almashdi. Demak, sabr-toqatli bo‘lib, murabbiyga ishonish kerak”, - dedi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, guruhda 3-o‘rinda qolib ketgan Xavi shogirdlari endi kurashni Evropa ligasida davom ettiradi. "Barselona" ushbu musobaqa pley-off bosqichidagi raqibini 13 dekabr kuni bilib oladi.
Fikrlar