
Grizman va Zidanning muammolari yoxud ispan grandlarining omadsiz mavsumni
Grizman “Barselona”ga buyuk futbolchi bo‘lish uchun kelgan edi, ammo uni hozir oddiy futbolchilardan deyarli farqi qolmayapti. Ko‘pchilik Antuanni xuddi Neymarga o‘xshatishgan edi, jamoadagi muhim figuralardan biri bo‘ladi, chap qanotni o‘ziniki qiladi va raqibga doim xavf solib turadi.
Hozircha Antuanda hammasi sekin-asta o‘xshayapti, ha, sekin-asta. Masalan,Chempionlar Ligasi doirasida “Borussiya”ga qarshi o‘yinda u ilk bor Suarez va Messi bilan bir chiziqda harakat qildi. Grizmanda bu borada adaptatsiya nisbatan tezroq kechyapti. Hamma ham eng kuchli bombardirlar bilan, “Barsa”ning o‘ziga xos uslubiga moslashib o‘ynab keta olmaydi.
So‘zsiz, Grizman “Atletiko”da eng yorqin yulduz edi, “Barsa”da esa yulduzlardan biri bo‘lishi mumkin, ammo o‘sha yulduzlardan biri bo‘lish uchun ham yorqin o‘yin namoyish etishi kerak. Hozircha, esa u o‘zini to‘la namoyish eta olmayapti.
O‘zining eng yaxshi o‘yinini faqatgina “Betis” (5-2)ga qarshi ko‘rsata oldi, o‘shanda 2 ta gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygandi. Boshqa o‘yinlarda esa (“Atletik”, “Osasuna”, “Borussiya”larga qarshi) umuman o‘zini ko‘rsata olmadi.
Buni Antuanni o‘zi ham tushunib turibdi. “Jamoaga kelib qo‘shilganimga endigina 2 oy bo‘ldi, o‘zimni “Barselona”ning to‘laqonli a’zosidek his etishim uchun nimadir etishmayapti” – deydi Grizman.
Ramosning ketishi – Florentino Peresning asosiy maqsadlaridan biri edi. Chunki prezident “Real”ning kiyim almashtirish xonasidagi tartibsizliklardan charchagandi. Jamoaning ichki muhiti buzilayotganini sezib turgan edi Peres.
Ramosning shartnomasi borasidagi voqealarga Zizu qanday aralashib qoldi? Juda oddiy. Peres o‘tgan mavsumdagi omadsizliklarni qayta takrorlashni istamasligi aniq edi, shuning uchun xatoga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildi.
“Real Madrid”da bir mavsum sovrinsiz qolgan murabbiy iste’foga chiqishi aniq. Hatto, Zidan ham bundan mustasno emas. Unga bo‘lgan ishonch ham tobora kamayib boryapti va munosabatlar yomonlashishi tabiiy hol.
Zidan va Peres o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan. Sabab nimada? Navasning sotilishi, Pogbani soti olish taklif rad etilishi va Beylning jamoada qolganligi.
Undan tashqari Peres Zidanning yangi futbolchilardan juda kam foydalanayotganidan norozi. Faqatgina Ferlan Mendi ishonchni oqlayapti, Azar, Yovich va Militao kabi jamoaga yangi qo‘shilgan futbolchilar hali o‘zini ko‘rsatganicha yo‘q.
Yana Forentino Peres maydon markazini kuchaytirish uchun Kristian erikson yoki Donni van de Bekni sotib olmoqchi edi, leki Zidan shart qo‘ydi: yo Pogba yoki hech kim. Shu tariqa “Tottenhem” va “Ayaks” futbolchilari transeri to‘xtatildi.
Jurnalist Balage Ramos shaxsiyatiga to‘xtalib o‘tdi, “Joze Mourino Madridga ikki futbolchi tufayli qaytishni istamasdi. Biri Serxio Ramos, yana biri Krishtianu Ronaldu. Endi Ronaldu “Yuventus”da, Ramosni esa “Real” bilan shartnomasi o‘z yakuniga etyapti.”
Fikrlar