Grilishni urgan muxlis hibsga olindi

  • 8 aprel, 22:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 31-turi doirasidagi “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng “Siti” futbolchisi Jek Grilishga yuziga urgan “Yunayted” muxlisi qo‘lga olindi va sudga tortiladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi. Uchrashuv “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tgan va 0:0 hisobida yakunlangan edi.

Tecno

Manbaning yozishicha, 20 yoshli yigitga hujum qilish aybi qo‘yilgan va u iyul oyida Manchester sudida javob beradi. Hozircha “Siti” ham, “Yunayted” ham izoh berishdan bosh tortgan, chunki tergov ishlari davom etmoqda. Shuningdek, “qizil iblislar” vakillari politsiya bilan yaqindan hamkorlik qilayotgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, derbidan keyin Jek Grilish maydonni tark etayotgan vaqtda, “Yunayted” muxlislardan biri uni chaqirib, tortishuv chog‘ida tunnel yaqinida futbolchining yuziga tarsaki tushirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!