
Grilish chempionlik poygasi haqida: "Liverpul" hali kurashdan chiqmadi"
"Manchester Siti" futbolchisi Jek Grilish chempionlik poygasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Aytishicha, "Siti"ni chempion deyishga hali erta.
"Men medallar, unvonlarni qo‘lga kiritishni xohlayman. Shuning uchun menga hozirgi holat yoqimli tuyulmoqda. Umid qilamanki, biz mavsumni APL g‘olibi sifatida yakunlaymiz.
Yigitlarga, murabbiylar shtabiga va albatta, bosh murabbiyga rahmat aytishim kerak. Ular meni jamoada yaxshi kutib olishdi.
Menimcha, Premer-liga dunyoning eng yaxshi ligasi. Bu chempionatda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, hotirjamlikka berilmasligimiz lozim.
"Liverpul" - ajoyib jamoa. Fikrimcha, ular oxirigacha kurashadi. Agar chempionlikni qo‘lga kiritishni istasak, xatoga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak", - dedi angliyalik futbolchi.
Fikrlar