"Grand Slam Tashkent - 2021". Yana ikki hamyurtimiz bronza medali uchun tatamiga chiqdi

  • 7 mart, 2021, 18:24
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Ayni daqiqalarda, Toshkent shahridagi "Humo Arena" sport saroyida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turnirining final raundlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Tecno

Ilk bor "Katta Dubulg‘a" turnirida ishtirok etgan yosh dzyudochimiz Muzaffarbek To‘raboev mo‘g‘ulistonlik Otgonbaatar Lxagvasurenga qarshi tatamiga chiqdi va ikkita vazari bahosi evaziga kuchli raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu g‘alaba Muzaffarga bronza medali bilan birga 500 reyting ochkosini ham taqdim etdi.

Yana bir debyutantimiz Aqlmurodbek Xudoyberdiev mo‘g‘ulistonlik tajribali raqib Gonchigsuren Batxuyagga qarshi tatamiga chiqdi. Bu bellashuvda tajriba o‘z so‘zini aytdi va Batxuyag g‘alaba qozondi.

Aqlmurodbek Xudoyberdiev Toshkent "Katta Dubulg‘a" musobaqasida kuchli beshlikdan joy olish barobarida 360 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!