
Grand klubga aylanayotgan “Nyukasl”ga jamoani chempion qiladigan murabbiy keladi
Saudiya Arabistoni investorlari qo‘liga o‘tgan “Nyukasl” qisqa muddatda Angliya premer-ligasining grand klublaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, klubning yangi xo‘jayinlari jamoani chempion qilishga qodir tajribali murabbiy qidirmoqda. Birinchi navbatda, jamoani boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida ishsiz yurgan Antonio Konte e’tirof etilmoqda.
Uzoq tanaffusdan so‘ng “Inter”ni Italiya chempioniga aylantirgan tajribali mutaxassis Milan klubi mutasaddilari bilan transfer siyosati bo‘yicha til topisha olmagani uchun A Seriyani tark etgandi.
Kontega “Nyukasl”dan tashqari, “Arsenal” va “Manchester Yunayted” ham qiziqayotgan edi.
“Nyukasl” bosh murabbiyligiga nomzodlar orasida Frenk Lempard va Stiven Jerrard kabi yaqin o‘tmishning yorqin yulduzlari ham bor.
Fikrlar