Gollandiya terma jamoasi "Evro-2020"dan oldin jiddiy yo‘qotishga uchradi
“Liverpul” klubi va Gollandiya terma jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk Evropa chempionatini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Men asta-sekin harakat qila boshladim, tiklanish jarayonlari ham juda yaxshi ketayotgan edi. Biroq so‘nggi damda men ikki yo‘ldan birini tanlashim lozim edi. Evropa chempionatida o‘ynash yoki o‘ynamaslik. Vaziyatdan kelib chiqsam, “Evro-2020”ga bormaslik to‘g‘ri qaror bo‘ladi.
Hozir bor e’tiborimni faqat klubning mavsumoldi tayyorgarlik jarayoniga qaratganman. Bu men uchun asosiy maqsad va men bunga erishaman.
Ha, men Evropa chempionatini o‘tkazib yuborayotganimdan juda xafaman, lekin buni qabul qilishim kerak”, - dedi van Deyk.
29 yoshli futbolchi 2020 yilning oktyabrida tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi. Shundan buyon u birorta ham o‘yinda ishtirok etmadi.



Fikrlar