Godinni yana Ispaniyaga qaytarishmoqchi

  • 22 dekabr, 2021, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kalyari"ning urugvaylik himoyachisi Diego Godin yana Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 35 yoshli futbolchining xizmatlariga "Valensiya" klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Godinni shaxsan "ko‘rshapalaklar" ustozi Xose Bordalas tarkibda ko‘rishni xohlamoqda. U Diegoning tajribasi “Valensiya”ga EChL yo‘llanmasini olishi uchun yordam berishiga ishonmoqda.

Sport nashrining yozishicha, Godinga "Atletiko" ham xaridor bo‘lmoqda. Aytish kerakki, Diego “matraschilar” safida 9 yil to‘p surgan va bu jamoa uning uchun juda qadrli hisoblanadi.

Godinni shuningdek, "Real Betis" ham o‘z safida ko‘rmoqchi.

Diego Godin joriy mavsum A Seriyada jami 11 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!