
"Goal.com" talqiniga ko‘ra Bellingem "Oltin to‘p" favoriti sanalmoqda. Keyn va Mbappe uchlikda, Ronaldu 17, Messi esa... (20 talik ro‘yxat)
"Goal.com" nashri 2024 yilgi "Oltin to‘p" uchun asosiy favoritlar reytingini tuzib chiqdi. Unga ko‘ra, "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem 1-o‘rinda qayd etildi.
Ikkinchi pog‘onaga "Bavariya" safida gollar urishdan charchamayotgan Xarri Keyn munosib ko‘rildi. Kuchli uchlikka PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yakun yasagan.
Tirik afsonalar Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi ham mazkur ro‘yxatdan joy olgan. Portugal 17-pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, argentinalik yulduz 19-o‘rinni band etib turibdi.
1. Jud Bellingem ("Real")
2. Xarri Keyn (“Bavariya”)
3. Kilian Mbappe (PSJ)
4. Erling Xoland ("Manchester Siti")
5. Muhammad Saloh (“Liverpul”)
6. Rodri ("Manchester Siti")
7. Antuan Grizmann (“Atletiko”)
8. Bukayo Saka ("Arsenal")
9. Deklan Rays ("Arsenal")
10. Xulian Alvares ("Manchester Siti")
11. Vinisius Junior ("Real")
12. Lautaro Martines ("Inter")
13. Bernardu Silva ("Manchester Siti")
14. Rodrigo ("Real")
15. Alvaro Morata (“Atletiko”)
16. Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul”)
17. Krishtianu Ronaldu (“An-Nasr”)
18. Leroy Sane ("Bavariya")
19. Lionel Messi (“Inter Mayami”)
20. Florian Virts (“Bayer”).
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Lionel Messi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar