Germaniyaning mashhur klubi Shomurodovga xaridor!

  • 25 yanvar, 2023, 20:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transfer mavsumi yakunlanishiga bir necha kun qolgan pallada Eldor Shomurodov oldida  yangidan yangi variantlar paydo bo‘lmoqda.

Tecno

Hozir Italiyaning o‘zidan “Torino”, “Kremoneze”, “Spetsiya” va “Verona” klublari o‘zbek legioneri yordamida hujum chizig‘ini kuchaytirish istagini bildirgan va ular “Roma” rahbariyati bilan transfer masalasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

2f932fd8c3c7750a456f44597fe829b6

Hujumchimizni so‘rab, Rim klubi rahbariyatiga murojaat qilgan klublar orasida Frantsiya chempionatida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Lill” vakillari ham bor. Frantsuzlar agar “Roma” futbolchini ijaraga berib, keyinchalik sotib olish huquqini taqdim qiladigan bo‘lsa, bu savdoni 13-14 million evroga baholashga tayyor.

“Lill” taklif qilayotgan ikkinchi variant bo‘yicha “Roma” badal pulini bir necha millionga pasaytirsa, frantsiyaliklar rimliklar sport direktori Tyagu Pinto talab qilganidek, Shomurodov transferini birdaniga sotib olishi mumkin.

Italiya transfer bozorini kuzatib borayotgan manbalar “Roma”da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan tajribali legionerimizga Germaniya Bundesligasidan taklif bo‘layotganini yozmoqda.

“Roma”ni tark etishi kutilayotgan o‘yinch faqatgina Nikolo Dzanolo emas. Eldor Shomurodov atrofidagi savdo tobora qizib bormoqda. Anchadan beri “Torino”, “Kremoneze” va “Lill” o‘rtasida kechayotgan kurashga  Leverkuzenning “Bayer” klubi ham qo‘shildi, - deb yozmoqda Sky Sport nashri.

Mashhur nashrning bu yangiligini  “Roma” faoliyatini muntazam yoritib borayotgan https://tuttoasroma.it sayti ham tasdiqladi.

Leverkuzenning “Bayer” jamoasi “Roma”dagi o‘zbek hujumchisini nishonga oldi va ayni paytda Rim klubi bilan bog‘lanib, transfer ma’lumotlarini to‘plamoqda. Ular rasmiy taklif berishga tayyorgarlik ko‘ryapti, - deb yozdi mazkur sayt jurnalisti Roberto Molinari.

Evropa futbolining eng ishonchli manbalaridan bo‘lgan taniqli insayder Janluka di Martsio ham o‘z kanallari orqali “Bayer” Eldor Shomurodovga jiddiy qiziqayotgani haqida axborot tarqatmoqda.

Ma’lumot  o‘rnida aytish joizki, “Bayer” ayni paytda Germaniya Bundesligasida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda. Leverkuzenliklarda hali Evrokuboklarda ishtirok etish huquqini beruvchi o‘rinlar uchun kurashish imkoniyati etarli.

Bu mavsum “Bayer” ko‘p gol ura oladigan tajribali hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Asosiy to‘purar frantsiyalik Mussa Diabi 16 ta uchrashuvda oltita gol urdi. Chexiyalik forvardlar – Patrik Shik hisobida ikkita, Adam Glojekda bitta gol bor xolos.

O‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Sardor Azmun bir yildan beri “Bayer” safida to‘p tepmoqda. Eronlik o‘yinchi joriy mavsum Bundesliga, Chempionlar ligasi va Germaniya kubogida jami 11 ta bahsda maydonga tushib, hali gollari hisobini ochgani yo‘q.

shomurodov-zaniolo-roma-image-gpo

Evropada qishki transfer oynasi yopilishiga hali bir necha kun vaqt bor. Eldor Shomurodov uchun kurash oxirigacha davom etishi kutilmoqda. “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino bir necha o‘yindan beri hamyurtimizni maydonga tushirmayapti. Bu Rim klubi o‘zbek legioneri bilan xayrlashishga tayyor ekanidan dalolat beradi.

Legionerimiz eng qimmat futbolchi nomidan ayrildi

Shomurodov Messi boshchiligidagi superto‘purarlar bilan birga!

To‘purar hujumchimiz maoshni tanlasinmi yoki Moskva klubini?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Socceruzb
24/01/2023 10:42
Германияни билмадиму, лекин асабларни забт этиб бўлди. Санта Барбара сериали ҳам эртароқ тугаганди.... .
Turgunоv Abduvaкhab
25/01/2023 12:04
Шомуродов,Шомуродов,Шомуродов- зб килдийнару жаноб журналистов.Озгина хурмат булиш керакда озийнари касбиларинга,укирманларга( подписчикларга) бошка мамлакатларда узбек футболига тегишли янгиликлар Сизлардан купорк ва аникрог билишади.Сизлар бу ма'лумотларни кочада семичка соткан кампирлардан оласизларми?(( Европа да хамма нарса тухтап факат Шомуродов учун кураш олиб боришяпти.... Короче жёлтая пресса позорище...Озгина болса хам устийнадан ишлашни урганиш керак.Ош ковок калла ишламаса коллегардан урганиш керак( козоклардан,руслардан) Шомуродов боича Эльдорни дадасига кунгирок килинглар, еки Эльдорнинг ужина яхшилаб интервью олиб, шу ма' лумотларни чоп этсаларин.Бу интернет...сизларни четта хам окишади шун унутманглар.Короче прекращайте позориться и нас в том числе....сайте номини узгартириш керак мисоли Кочадаги узбек футбол тугрисида ушок гаплар...
&
БМЗ
24/01/2023 09:54
Bavariya bilan Real Eldorni sotib olish uchun raqobatda emishhhh
&
nasafim
24/01/2023 13:44
Диямуш