
Germaniya 2001 yildan beri birinchi marta JCh saralash o‘yinida gol ura olmadi
Germaniya terma jamoasi so‘nggi 24 yil ichida birinchi marta Jahon chempionati saralash o‘yinida gol ura olmadi. Germaniya so‘nggi marta 2001 yilda mundial saralashida gol ura olmagandi - Finlyandiya bilan o‘yinda 0:0 hisobi qayd etilgan. Bu haqda Opta Sports xabar bermoqda.
Kecha nemislar 2026 yilgi Jahon Chempionati uchun Evropa saralashi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Slovakiyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Slovakiya terma jamoasi JCh-2026 Evropa saralashining bir o‘yinidan so‘ng uch ochko jamg‘arib, A kvartetida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
2-tur doirasida Germaniya 7 sentyabr kuni Shimoliy Irlandiyaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar