
Germaniya - pley-offga yo‘l olgan ilk jamoa
Germaniya "Evro-2024"ning ikkinchi turida Vengriyani mag‘lub qilib, 6 ochko bilan guruhning yaqqol peshqadamiga aylanib oldi.
Shu tariqa, nemislar pley-offga yo‘l olgan ilk jamoaga aylandi. Endi jamoaning guruhdan nechanchi o‘rin bilan chiqishi hal qilinadi.
3-turda Germaniya Shveytsariyaga qarshi maydonga tushadi. Nagelsmann shogirdlari agar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritsa, "C" guruhidagi ikkinchi pog‘ona egasi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar