
Genri Sexudo Iliya Topuriya uchun munosib raqib topdi, bu Islom Maxachev yoki Charlz Oliveyra emas!
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Genri Sexudo promoushen yulduzlaridan biri Iliya Topuriya uchun raqib topib qo‘ydi.
"Peddi Pimblett "UFC 314" turnirida yaxshi jang ko‘rsatib, Chendlerni shafqatsizlarcha mag‘lub etdi. Shunga asoslanib, men uning keyingi raqibi Topuriya bo‘lishiga chin dildan ishonaman. Chunki bu mantiqan ham to‘g‘ri. Peddi uchun Iliya ustidan qozonilgan g‘alaba chempionlik jangi uchun imkoniyat beradi" — deb yozdi amerikalik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Pimblett Shimoliy Amerika tashkilotidagi debyutini 2022 yilning mart oyida o‘tkazdi.O‘shandan beri ingliz jangchisi birorta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmadi va hozirda etti jangdan iborat g‘alabali seriyani davom ettirmoqda.
Fikrlar