Genri Sexudo: Afsonaviy jangchilarni mag‘lub etmoqchiman

CHERY AUTO

UFC o‘ta engil vazn chempionlik kamari sohibi Genri Sexudo promoushen sobiq chempioni Frenki Edgarga qarshi oktagonga ko‘tarilishni xohlayotganini aytib o‘tdi.

Tecno

- Men afsonaviy jangchiga qarshi jang qilmoqchiman. Ohirgi uch jangimni kuchli jangchilarga qarshi o‘tkazgandim: Jonson, Dillashou va Moraes.

Men afsonalarga qarshi janglar seriyasini davom ettirmoqchiman. Keyingi bahsda mening raqibim Edgar yoki Dominik Kruz bo‘lishini xohlayman. Dominik - kutilmagan harakatlarni qiladi, shu qatori u nozik va tez jarohat olishi mumkin.

Shuni aytish joizki, Kruz 2016 yildan buyon oktagonga ko‘tarilgani yo‘q. Mening maqsadim esa ularning ikkalasini ham er tishlatishdir, - deya Sexudoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!