Gavining jarohati qanchalik jiddiy, qachon safga qaytadi?

  • 3 fevral, 02:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing navbatdagi turida "Barselona" "Alaves" bilan bahs olib borib, kichik 1:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Mazkur bellashuvning 14-daqiqasida kataloniyaliklar yarim himoyachisi Gavi raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketib, maydonga yiqildi. Ushbu vaziyatdan so‘ng ispaniyalik havbek o‘yinga qaytmoqchi edi, lekin doktorlar va murabbiylarning ko‘rsatmasiga ko‘ra, zaxiraga olindi. 
 
Dastlabki tekshiruvlardan so‘ng futbolchining jarohati jiddiy emasligi tasdiqlandi. Hattoki, uchrashuvdan so‘ng Pabloga o‘z uyida tiklanishi uchun ruxsat berilgan. Ushbu xabarni "ko‘k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta ham tasdiqladi. 
  
Jarohat jiddiy emasligi sabab, yarim himoyachi "Valensiya"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!