
Gavi: "Barselona - orzular klubi"
"Barselona" klubi 18 yoshli iqtidorchisi Gavi Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirayotgani haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirdi.
“Men Ispaniyada birinchi liga chempionligini qo‘lga kiritdim. "Barselona" - orzular klubi. Umid qilamanki, jamoa bilan yana ko‘plab g‘alabalarni nishonlayman", - deya xabar beradi klub televideniesi yarim himoyachining so‘zlarini.
Gavi "Barselona" akademiyasini tamomlagan. Ispnaiyalik yarim himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar