Gattuzo Kannavaroning O‘zbekistonga kelishiga hazil bilan munosabat bildirdi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Fabio Kannavaroning O‘zbekiston terma jamoasiga murabbiy etib tayinlangani haqida hazillashdi.
2006 yilgi "Oltin to‘p" sohibi 6 oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasini qabul qilib oldi va JCh-2026da jamoani boshqaradi.
"Men unga yozmadim, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qildim, gaplashdim. Men: "Qanday qilib? Sen atir sepib, sochingga gel surtib, Jahon chempionatiga ketyapsan. Men esa bu erda jang qilib yuribman", - dedi Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi.
11 oktyabr kuni italiyaliklar JCh-2026 saralashida Estoniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.



Fikrlar