
Gattuzo Bekxemning jamoasini boshqarishi mumkin
“Milan” klubi sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goal.com nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra italiyalik mutaxassisga Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan "Inter Mayami" klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoa yangi mavsumdan boshlab MLSda ishtirok eta boshlaydi. Shuni inobatga olsak, Gattuzo "Inter Mayami" klubi tarixidagi ilk bosh murabbiy bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq 41 yoshli mutaxassisga Frantsiyaning "Nant" va Xitoyning "Shanxay Shenxua" klublaridan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Gattuzo va Bekxem o‘z vaqtida "Milan"da birga to‘p surishgan.
Fikrlar