
G‘aroyib uchrashuv. Robin van Persi jamoasiga qarshi 12 futbolchi o‘ynadi
Niderlandiya futbolida g‘alati voqea sodir bo‘ldi. Chempionatning 21-turida taniqli sobiq futbolchi Robin van Persi bosh murabbiylik qilayotgan “Xerenven” o‘z maydonida “Fortuna” bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning 89-daqiqasida mezbonlar hisobda 2:1 hisobida oldinda borayotgan vaziyatda “Fortuna” tarkibida bir daqiqa davomida 12 nafar futbolchi o‘ynayotgani ma’lum bo‘ldi. 90-daqiqada mehmonlar hisobni tenglashtirdi – 2:2.
Bu holat futbol jamoatchiligi tomonidan keng muhokama qilinmoqda.
Musobaqa jadvalida “Xerenven” 25 ochko bilan o‘ninchi o‘rinda bormoqda. “Fortuna” esa, bir ochko ko‘p jamg‘argan holda ikki pog‘ona yuqoridan joy oldi.
Fikrlar