Gapimga kirmay, “Barselona” katta xatoga yo‘l qo‘ydi!

  • 14 iyun, 2022, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Benfika” hujumchisi Darvin Nunes yozgi transferlar mavsumining eng xaridori ko‘p futbolchisi hisoblanadi.

Tecno

Bu o‘yinchi uchun lissabonliklar 100 million evro talab qilayotganiga qaramay, Angliya grandlari urugvaylik yulduzni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Mashhur hujumchi Luis Suares “Barselona”da o‘ynab yurgan kezlari klub mutasaddilariga Darvin Nunesni  olishni taklif qilganini aytdi.

Men Nunesni “Barselona”ga tavsiya qilgandim. Lekin ular Darvinning “Almeriya”da o‘ynaydi va hali juda yosh, deb ishonch bildirishmadi, - dedi Luis Suares.

Nunes ikki yil avval “Almeriya” klubidan “Benfika” ko‘chib o‘tdi va to‘purarlik mahoratini namoyish qila boshladi. Mutaxassislar bu hujumchini yaqin kelajakda urugvaylik to‘purarlar – Luis Suares va Edinson Kavani darajasiga chiqishini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!