Gandbolchilarimiz jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Tailandning Pattaya shahrida gandbol bo‘yicha Trophy kubogining Osiyo mintaqasi bo‘ylab o‘tkazilgan qizlar o‘rtasidagi bellashuvlari nihoyasiga etdi. Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston U17 terma jamoasi ham barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Hamyurtlarimiz final bellashuvida Hindiston jamoasini 40:33 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Ushbu g‘alaba evaziga mazkur jamoamiz kelasi yil 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval o‘tkazilgan U19 toifasidagi bellashuvlarda ham yurtdoshlarimiz bosh sovrin va mundial yo‘llanmasiga ega chiqishgan edi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.



Fikrlar