
Gana murabbiyi O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi
O‘zbekiston - Gana o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ibrohim Tanko o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Ikki jamoa yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Bugun 2 ta jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydik. Bundan O‘zbekiston foydalandi va g‘alaba qozondi. G‘alaba bilan ularni tabriklayman.
Men odatda qaysidir futbolchini alohida ajratmayman. Lekin raqib safida 2-3 futbolchi ajralib turdi. Umuman olganda, raqib jamoaviy o‘yinda o‘zini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston ustunlikka erishishi tabiiy hol. Chunki ular muxlislar qarshisida o‘ynadi, ishqibozlarning qo‘llab-quvvatlashi bilan ancha kuchli bo‘ldi.
Yurtingiz mehmondo‘stligi bilan iliq taacsurot qoldirdi. Bu tabiiy. Chunki men ham musulmonman. Shu bois, muxlislar bizni ham qo‘llab-quvvatlashdi va o‘yin tugagach ishqibozlarga minnatdorchiligimizni bildirdik, - dedi Ibrohim Tanko.
Fikrlar