Galenoi: "G‘alaba qozonishimiz mumkin edi"

  • 12 iyun, 2024, 03:24
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh saralash o‘yinidan o‘rin olgan Eron - O‘zbekiston uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Amir Galenoi matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"Biz guruhdan birinchi raqamli bo‘lib, keyingi bosqichga yo‘l olganimizdan xursandmiz va buning o‘zi muhim masala. Kelib jamoani so‘nggi soniyalargacha qo‘llab-quvvatlagan insonlarga rahmat aytaman. Futbolchilarga ham rahmat aytaman. Sababi, bu o‘yin mavsum yakunida edi va jamoa Gonkongga qiyin sharoitda yo‘l olib, 20 soatlik yo‘l yurdik.

Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, charchoq tufayli yaxshi bo‘lmadik. Mavsum yakunlandi va futbolchilar jismonan charchab qolishdi, lekin ikkinchi bo‘limda biz silliq o‘yin o‘tkazdik va ko‘plab gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ular menga bergan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, biz ko‘proq darvozaga zarba bera oldik".

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoning kuchli jamoalaridan biri bu terma jamoa Osiyo kubogida Qatarga qarshi o‘yinda penalti bilan mag‘lub bo‘ldi. Bu jamoa jismoniy tomonlama ham kuchli. Eronda to‘p surayotgan 2 nafar o‘zbekistonlik futbolchi chempionlik va ligada ikkinchi o‘rin taqdirida o‘z ta’sirini o‘tkaza oldi. Aytganimdek, futbolchilardan ko‘nglim to‘ldi".

"Yana bir muammo shundaki, legionerlarimizga uch-to‘rt kun dam berib, individual mashg‘ulotlar o‘tkazdik. 12 iyunda liga yakunlandi va biz 13 iyunda Gonkongga bordik va bu jamoamiz holatiga biroz tasir qildi. Ammo ikkinchi bo‘lim menimcha juda yaxshi o‘tdi, lekin biz g‘alaba qozonishimiz mumkin edi".

Eslatib o‘tamiz, Eron guruhda birinchi, O‘zbekiston esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan holda keyingi bosqichga chiqdi. Shu tariqa, forslar birinchi savatchadan, vakillarimiz esa uchinchi savatchadan joy olgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!