
G‘alabaga to‘ymagan "qariyalar"!
“Yuventus”ning 35 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga jamoaning 42 yoshli darvozaboni Janluiji Buffon bilan tushgan suratini joyladi.
Ronaldu ushbu suratga “Topingchi, bu ikki yosh yigit umumiy hisobda qancha sovrinni qo‘lga kiritgan?”, - degan izoh yozdi.
Ronaldu “Yuventus”dan tashqari “Sporting”, “Manchester Yunayted” va “Real” tarkibida, Buffon esa PSJ safida qator yutuqlarga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, har ikki futbolchi o‘z mamlakati terma jamoasida ham tarixiy sovrinlarga ega.
Fikrlar