Gakpoga bo‘lgan qiziqish ko‘p, biroq rasmiy taklif yo‘q

  • 13 dekabr, 2022, 08:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"PSV" sport direktori Marsel Brands grand klublarning Kodi Gakpoga bo‘lgan qiziqishi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Yanvar oyida taxminan 10 ta klub Gakponi sotib olishga tayorligi xususida xabarlar tarqaldi. Buning qachon sodir bo‘lishini bilmayman. Bizga hali ham rasmiy takliflar kelmadi. Ko‘ramiz, qaysi klub yanvarda katta pul to‘lar ekan", - deya Brandsning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Joriy mavsumda 23 yoshli niderlandiyalik futbolchi "PSV" safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 17 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 45 million evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gakpo va uning jamoasi JChdagi ishtirokini chorak finalda yakunlagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!