
Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston bilan ikkita o‘rtqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamosi dunyodagi eng kuchli termalaridan biri 2021 yilgi Jahon chempionati yarimfinalchisi - Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. Uchrashuvlar 2024 yilning 8 va 10-aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Xose Venansio Lopez murabbiyligi ostidagi futzalchilarimiz o‘tgan yig‘inda amaldagi Afrika chempioni Marokash vakillariga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishdi. Dastlabki uchrashuvda 6:2 va ikkinchi bahsda 2:1 hisobida mehmonlar g‘alaba qozondi.
Fikrlar