
Futzal. O‘zbekiston miliy terma jamoasi Belarusga yutqazib qo‘ydi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini doirasida Belarus termasiga qarshi saf tortdi. Afsuski, unda hamyurtlarimiz 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Vakillarimiz safida gollarga Abror Ahmedjanov va Dilshod Rahmatov mualliflik qildi. Mehmonlarning uch goli esa Artyom Yakubov, Dmitriy Shimanovskiy va Aleksey Luksha nomiga qayd etildi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur raqibga karshi ikkinchi o‘yin 9 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs starti 16:00 ga belgilangan.
Fikrlar