Futbolda ko‘rinmay ketgan Pogba o‘zini san’atda topdi

  • 22 oktabr, 2024, 18:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni vaqtda doping taqiqi tufayli futbolchilik faoliyatida pauza qilayotgan Pol Pogba "4 ZERO" filmi premerasida ishtirok etdi. 

Hozirda Pogba futbolchilik faoliyati bilan shug‘ullana olmaydi. U futbol bilan bog‘liq barcha faoliyat turlaridan chetlatilgan. Avvaliga uning diskvalifikatsiya muddati 4 yil edi. Biroq Sport arbitajga berilgan apellyatsiyadan so‘ng mazkur muddat 18 oyga qisqartirildi. 

Bunday holatda Pogba professinal karerasini 2025 yilda boshlashi mumkin. "BBC" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi yanvar oyida mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin. 
.
Futbolchilikda pauza qilgan Pol ayni vaqtda boshqa mashg‘ulotlar bilan band. May oyida u kino olamiga kirib kelayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Uni Parij chekkasida suratga olish paytida ko‘rishgan. Suratga olish jarayonida ishtirok etayotganlardan biri: "Pol o‘zining tabiiy va soddaligi bilan hammani hayratda qoldirdi. U mazkur ishni juda zo‘r uddaladi", degandi. 





Frantsuz katta ekranda o‘zining premerasini o‘tkazdi. Frantsuz "4 ZERO" filmi premerasiga rafiqasi Zulay bilan birgalikda tashrif buyurdi. 

"4 ZERO" filmida rol ijro etganimdan juda xursandman", - deya yozdi futbolchi o‘z instagram sahifasida. 

Avvalroq, "Yuventus" klubining texnik direktori Kristiano Juntoli 31 yoshli frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba jamoani tark etishini tasdiqlagandi. 

Tecno

"Pogba ajoyib futbolchi, ammo endi bizning boshqa rejalarimiz bor. Biz boshqa o‘yinchilarga sarmoya kiritdik, endi jamoamiz to‘liq qurib bo‘lindi", - deya Juntolining so‘zlarini keltirdi jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter).

Manbaga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi “Yuventus”ni erkin agent sifatida tark etadi. 31 yoshli yarim himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!