Futbolchi degan shunaqa ham omadsiz bo‘ladimi?
“Arsenal” katta umidlar bilan “Real Sosedad”dan yarim himoyachi Mikel Merinoni transfer qilgan edi. Ispan futbolchining “kanonirlar” safiga o‘tgan 27 avgust kuni e’lon qilindi.
Oradan uch kun o‘tib, 28 yoshli futbolchi mashg‘ulotlardan birida elkasidan jarohat olib, safdan chiqdi.
Bu juda asinarli. Merinoning elkasi shikastlandi va u bir necha haftaga safdan chiqdi. Mikel gazonga yiqildi, Gabi esa, uning ustiga tushdi. Elkasi singanga o‘xshaydi, - dedi “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta.
Londonliklar tajribali o‘yinchi uchun ispan klubiga 32+5 million funt miqdorida xarajat qilgani haqida ma’lumotlar bor.
Merino “Real Sosedad” klubida 2018-2024 yillar davomida to‘p tepgan. Bu klub uchun jami 242 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 27 ta gol va 30 ta assist rasmiylashtirgan.



Fikrlar