
Frenk Mir: "O‘zbekistonda ham meni tanishmoqda"
Xabaringiz bor, bugun “Forumlar” saroyida GFC 20 turniriga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga faxriy mexmon sifatida taklif etilgan UFC ning og‘ir vazndagi sobiq chempioni Frenk Mir ham tashrif buyurdi. Biz kichkinagina imkoniyatdan unumli foydalangan holda, unga bir-ikkita savol bilan murojaat qildik.
- Frenk O‘zbekistonga xush kelibsiz.
- Raxmat.
- Baribir ilk tashrifingiz, qanday taassurotlar paydo bo‘ldi?
- Shunchaki ajoyib. Bu erda birinchi bor bo‘lishim. Lekin hali batafsil tanishib chiqishimga imkon bo‘lmadi. Lekin insonlari juda samimiy ekanligini ayta olaman.
- O‘zbekistonda ham sizni tanishlariga guvoh bo‘lgandirsiz?
- Albatta, bundan xursandman. Ochig‘i bu darajada e’tibor bo‘ladi deb o‘ylamagandim.
- 40 yoshga to‘ldingiz. Faoliyatingizni davom ettirasizmi?
- Albatta, jismoniy holatim javob bergunga qadar janglarimni o‘tkazaveraman.
- Siz bir qator MMA olami yulduzlari bilan jang o‘tkazgansiz... Jumladan, Brok Lesnar, Mark Xant, Roy Nelson, Mirko Krokop, Fyodor Yomelyanenko buni uzoq davom ettirish mumkin. Ular orasida eng kuchlisi kim deb o‘ylaysiz?
- Barchasi juda ajoyib jangchilar. Ularning ba’zilari ustidan g‘alaba qozonganman. Ba’zilaridan mag‘lub bo‘lganman. Ularni bir-biridan ustun qo‘yib bo‘lmaydi.
- Shunday bo‘lsada, mamlakatimizda Fyodor Emelyanenkoning muxlislari juda ko‘p. Uni qanday tariflagan bo‘lardingiz?
- Uning qanday jangchi ekanligini butun dunyo biladi. Zo‘r jangchi. Uni xurmat qilaman. Yana “pancher” ekanligini ham aytib o‘tishim lozim.
Shu erda uni chaqirib qolganligi uchun uzrini so‘rab, ertaga suxbatimizni davom ettirishga va’da berdi. Agar, imkonini qila olsak, asosiy savollarga javobni ertaga olamiz.
Voqealar rivojini bizda kuatib boring
Fikrlar