
"Freestyle Chess Grand Slam Paris". Chorak final natijalari bilan tanishing!
Xabaringiz bor, Frantsiyaning Parij shahrida "Freestyle Chess Grand Slam" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa doirasidagi Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen juftligi doirasidagi chorak final javob bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Birinchi bahsda mag‘lub bo‘lgan Nodirbek bugungi qarama-qarshilikda g‘alabaga yaqin keldi. Biroq, norvegiyalik shaxmatchi vaziyatni durang qilish imkonini topdi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi Nodirbek musobaqani beshinchi o‘rin uchun kurashda davom ettiradi. Raqib esa frantsiyalik grossmeyster Maksim Vashe-Lagrav.
Chorak final natijalari bilan tanishing:
"Freestyle Chess Grand Slam" turnirining chorak final bahslari yakuniga etdi. Saralash bosqichida kuchli to‘rtlikda bo‘lgan shaxmatchilardan faqat Magnus Karlsen yarim finalga yo‘l oldi.
Nakamura-Erigaisi va Karuana – Vashe-Lagrav juftliklarida g‘oliblik AQSh vakillariga nasib etdi.Nepomniachtchi – Keymer juftligida esa asosiy o‘yinlarda kuchlar teng keldi. Ammo tay-brekda ustunlik Vintsent Keymer tomonida bo‘ldi. U birinchi partiyani yutdi va ikkinchisida durang natija bilan yakunlab, yarim finalga yo‘l oldi.
Yarim finalda:
Keymer – Nakamura
Karlsen – Karuana
5-o‘rin uchun:
Nodirbek - Vashe-Lagrav
Arjun - Nepomniachtchi
9-o‘rin uchun:
Pragnanandha - Rapport
Eslatib o‘tamiz, barcha o‘yinlar 16:00 da start oladi.
Fikrlar