
Frantsuz uchun "Barselona" oxirigacha kurashadi
Benjamen Pavar qishda "Barselona" tarkibiga kelib qo‘shilmaydi.
Kataloniyaliklarga "Bavariya" himoyachisining o‘yini yoqadi. Biroq ular frantsuz bilan yozda shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘radi.
26 yoshli jahon chempionining o‘zi ham "ko‘k-anorranglilar" safiga o‘tish niyatida.
Pavar joriy mavsum Bundesliga doirasida 15 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol hamda 5 ta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar