
Frantsuz klubi “Real” afsonasini o‘z safiga qo‘shib olishni istamadi
"Real" Madridning sobiq futbolchisi Marselo faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. “Footmercato” nashri xabariga ko‘ra, 34 yoshli tajribali futbolchining xizmatlari "Lion"ga taklif qilingan.
Olimpiyachilar ijaradan "Chelsi"ga qaytgan Emerson o‘rniga boshqa himoyachi qidirmoqda. Marselo agenti vaziyatdan unumli foydalanishga qaror qildi va “Lion”ga o‘z mijozining xizmatlarini taklif qildi. Ammo bu frantsuz klubi tomonidan rad etildi. Boisi, klub braziliyalik himoyachining moliyaviy talablari juda yuqori ekanligini yaxshi bilishadi.
Marselo 2007 yildan 2022 yilgacha "Real"da sharafini himoya qilgan. Yakuniga etgan mavsum oxirida braziliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi yakuniga etdi va erkin agent sifatida “qaymoqranglilar” safini tark etdi.
Fikrlar