Frantsiyadagi himoyachilar Ronalduni “eb qo‘yadi”!

  • 1 yanvar, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi safida 2018 yili  jahon chempioniga aylangan Odil Rami “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni chempionati Liga 1dan kuchli, degan fikriga javob qaytardi.

Tecno

- Sizlarga Saudiya Arabistonidagi himoyachilarning ahvoli aks etgan videolarni qo‘yib berishimni istaysizlarmi?

Ronaldu aqlbovar qilmas kareraga ega, lekin bu uning har bir gapi haqiqat ekanidan dalolat bermaydi. Bu gaplar shunchaki piar uchun aytilgan, deb o‘ylayman.

Krishtianu “Monako”, “Lill” yoki “Marsel” singari jamoalarga qarshi o‘ynab ko‘rsin. Hech bo‘lmaganda, o‘zining jamoasi bilan “Brest”ga qarshi to‘p tepsin.

Frantsiya Braziliya bilan bir qatorda jahondagi eng katta iste’dodlar fabrikasi hisoblanadi.

Agar Ronaldu oxirgi ikki yilda Liga 1da o‘ynaganida bu liga himoyachilarni uni “eb qo‘ygan” bo‘lardi, - dedi Odil Rami.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Is'hoqjon Ro'ziyev
02/01/2025 11:50
CR hurmatingni bilib yotmesanmi, pul u.n har narsa deyavermay. U yerda bizni qalqonimiz bor