
Frantsiya kubogi. Mbappening "benefisi"ga aylangan o‘yinda PSJ yirik hisobda g‘alaba qozondi
PSJ Frantsiya kubogi doirasida "Pei de Kassel" mehmoni bo‘ldi. O‘yin Parijliklarning yirik 7:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Uchrashuvda Mbappe penta-trik amalga oshirdi. Neymar va Soler ham o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Kilian klub tarixida bitta o‘yinda 5 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
Shu tariqa, PSJ Frantsiya kubogining keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Fikrlar