
Frantsiya klubi futbolchimizni jiddiy kuzatmoqda
FIFA kunlari munosabati bilan milliy chempionatlarda tanaffusga yuzaga kelgan. Evropaning kuchli beshligidagi aksariyat klublar o‘z o‘yinchilarni milliy terma jamoalar yig‘inlariga va o‘yinlariga jo‘natgan.
Frantsiya chempionatida ishtirok etayotgan “Lans” klubi ham o‘n bir nafar futbolchisini turli mamlakatlar terma jamoasiga yuborgan edi. Xususan, Deyver Machado Kolumbiya, Fakundo Medina Argentina, Salis Abdul Samed Gana, Kevin Danso Avstriya, Bris Samba Frantsiya, Fode Silla Frantsiya U-18, Abduqodir Husanov O‘zbekiston U23, Nil Al-Aynauiy Marokash U23, Ayanda Sushiba Belgiya, Endi Diuf va Ele Vaxi Frantsiya yoshlar terma jamoalaridan chaqiruv olgan.
“Lans” klubi mutaxassislari terma jamoalar ixtiyoriga ketgan o‘yinchilarning uchrashuvlardagi ko‘rsatkich va natijalarini jiddiy kuzatib bormoqda.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo kubogi saralash turnirida qatnashayotgan Abduqodir Husanov ham o‘z klubi mutasaddilarining nishonida turibdi.
- “Lans” himoyachisi Abuqodir Husanov Osiyo kubogi U23 saralash musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Birinchi turda Afg‘oniston ustidan qozonilgan 8:1 hisobidagi g‘alabadan keyin Husanov Gonkong vakillariga ro‘baro‘ keldi.
Abduqodir Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda o‘zbeklar gonkongliklar darvozasiga javobsiz o‘nta to‘p kiritdi. Bu g‘alaba evaziga O‘zbekiston saralashda ajoyib natija ko‘rsatib, ikki uchrashuvda olti ochko to‘pladi.
Endi o‘zbekistonliklarni Eron bilan uchrashuv kutmoqda, - deb axborot tarqatdi https://www.lensois.com sayti.
Bundan tashqari, “Lans” jamoasi muxlislari ham Abduqodir Husanovning O‘zbekiston yoshlar terma jamoasidagi faoliyatini kuzatyapti. Buni “lans” fanatlarining ijtimoiy tarmoqlarda Abduqodir Husanov haqida fikr-mulohazalaridan bilib olsa bo‘ladi.
Gradit Le Meilleur:
Jamoa bu darajadagi futbolchiga joy topishi kerak. Husanovning jismonan baquvvat, shunga qaramay, texnikasi yaxshi va klub uni jamoaga moslashtirish yo‘lishida ish olib borishi kerak.Futbolchida to‘g‘ri joy tanlash, ikkinchi qavatda kurashish qobiliyati bor. Bunaqa ko‘rsatkichga ega futbolchilarni Parij atrofidan topib bo‘lmaydi.
Har qanday holatda ham Husanov o‘ynayotgani muhim. Garchi turnirda Abduqodirga jiddiy qarshilik ko‘rsatadigan raqib bo‘lmasa ham. Terma jamoada unga o‘yin amaliyati berilyapti va bu uning foydasiga xizmat qiladi.
Buko:
O‘yinda juda ko‘p omillar rol o‘ynaydi. Eng muhimi, psixologik ko‘rsatkichlar. O‘yinchilarning bir biridan qarqi shunda. Lekin jismoniy quvvat, yaxshi texnika va g‘oliblik mentalitetini o‘zida uyg‘unlashtirgan futbolchilar juda kam uchraydi.
Hozir bir yosh futbolchi haqida gapiryapmiz. U hamon tengqurlari o‘rtasida salohiyatining yuqoriligi bo‘yicha o‘z pozitsiyasida dunyoning eng kuchli o‘ntaligida turibdi. Abduqodir uzoq vaqt qidiriladigan topilmadir. Bizning mintaqamizda bu kabi iste’dodlar ko‘p emas, aks holda grand klublar uni qoldirmay olib ketardi.
Chblond:
Yoshligidanoq professional bo‘lish oson emasligini bilsangiz edi.
Bucephale:
“Lill”, “Renn”, “Lion” kabi jamoalar 30 million evrolarga himoyachi sotib olib yuribdi.
Fikrlar