
Frantsiya futboli afsonasi: “Mbappe “Real”da yolg‘iz”
Frantsiyalik sobiq futbolchi Emanuel Peti Kilian Mbappening “Real”dagi holati haqida gapirdi.
“Menimcha, Mbappe “Real” bir o‘zi yolg‘iz. Men Bellingem uni e’tiborga olmaganini ko‘rdim. Unga klubdagi futbolchilar tomonidan yordam yo‘qga o‘xshaydi. Matbuot uni tanqid qilyapti, Ispaniyada uning do‘stlari yo‘q. Frantsiyada bo‘lsa, uni terma jamoaning asosiy dushmanidek ko‘rishyapti.
Mbappe o‘zining darajasidan ancha uzoqda. Bilaman u 10 ta gol urdi, lekin bu shunchaki statistika. U o‘ziga umuman o‘xshamayapti. Kilian maydonda va maydon tashqarisida baxtsiz ko‘rinmoqda. U yolg‘iz, ammo yuqori darajadagi futbolchilarga o‘zini qo‘lga olishni bilishi juda muhim”-dedi Peti.
Fikrlar