
Frantsiya 24 yil oldin Braziliya qilgan ishni qildi
Frantsiya 24 yil ichida mundial yarim finaliga chiqqan birinchi amaldagi jahon chempioni bo‘ldi.
JCh-2022 chorak finalida frantssuzlar Angliya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va 1/2 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, 1998 yilgi jahon chempionatidan keyin birinchi marta amaldagi chempion jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi.
O‘shanda Braziliya 1994 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan holda 1998 yilgi mundial finaliga qadar etib borgan va hal qiluvchi o‘yinda Frantsiyaga imkoniyatni boy bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi JCh-2022 yarim finalida Portugaliyani musobaqadan chiqarib yuborgan Marokashga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar