FR: Mourinyu kimga hammadan ko‘proq ishongan?

  • 7 aprel, 2023, 00:42
  • Odilbek Fayzullayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Jahon futbolida o‘z so‘zi, uslubi va o‘rniga ega bo‘lgan Joze Mourinyuni tanimaydigan muxlis topilmasa kerak. G‘aroyib fe’li, murakkab shaxsiyati tufayli uni yoqtiradiganlar ham xushlamaydiganlar ham talaygina.

gettyimages-1312876615-612x612

So‘nggi 1 yilda uning xeyterlari o‘zbekistonliklar hisobiga ancha boyidi. Ammo bu portugaliyalik mutaxassisning xarakteri bilan bog‘liq emas. "Roma" ustozi terma jamoamiz etakchisi Eldor Shomurodovga etarlicha imkoniyat bermadi.

gettyimages-1399259318-612x612

Mour o‘z vaqtida Iker Kasilyasdek afsonani Adanga almashganini ham eslasangiz kerak. Bu ro‘yxatda yana Kevin de Bryuyne, Muhammad Saloh va Romelu Lukaku singari futbolchilar borligi hech kimga sir emas. Ammo bugun "Benazir"ning faoliyatiga oid siz bilmagan faktlar haqida gaplashamiz. Dastlab, Mourinyu eng ko‘p suyangan, ishongan "yulduzlar" haqida.

gettyimages-467843683-612x612

Bu ro‘yxatda birinchi o‘rin murabbiyning vatandoshi Rikardu Karvalyuga tegishli. Joze 2004 yil "Portu" bilan qit’ani zabt etishiga ko‘maklashgan himoyachi xizmatlaridan o‘zining keyingi ish joylari — "Chelsi" va "Real"da ham foydalandi. U Karvalyuni 292 uchrashuvda (10 mavsum) maydonga chiqargan. Kuchli uchlikda "aristokratlar" ramziga aylangan Jon Terri (266) va Frenk Lempard (215) bor.

gettyimages-72930025-612x612

Mour Karvalyudan tashqari yana 2 nafar o‘yinchi bilan 3ta jamoada ishlagan. Bular: Nemanya Matich va Manishe.

gettyimages-460788420-612x612

Ushbu mutaxassis qo‘l ostida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Uning hisobida 164 o‘yinda urilgan 168 gol bor. Keyingi pog‘onaga Karim Benzema (78) va Dide Drogba (73) joylashgan.

gettyimages-107986462-612x612

Mour shogirdlari orasida pleymeykerlik bo‘yicha eng faol bo‘lgani esa yaqinda faoliyatini yakunlagan Mesut O‘zil hisoblanadi. U Mourinyu qo‘l ostida 87ta golli uzatmani amalga oshirgan.

gettyimages-167266500-612x612

Faxriddin Ro‘ziev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!