
"FourFourTwo" nashri: Messi Ronaldudan yaxshiroq
"FourFourTwo" nashri tomonidan tuzilgan tarixdagi eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatida Lionel Messi birinchi o‘rinni egalladi, Krishtianu Ronaldu esa uchinchi pog‘onadan joy oldi.
35 yoshli argentinalik futbolchi ikkinchi o‘rinda borayotgan hamyurti Diego Maradonani ortda qoldirdi. “Manchester Yunayted”ning 37 yoshli portugaliyalik hujumchisi Pele, Zinedin Zidan, Yoxan Kroyff va boshqa afsonaviy charm to‘p ustalarini ortda qoldirib, kuchli uchlikka yakun yasadi.
Faoliyatini davom ettirayotganlar orasida Messi va Ronaldudan keyin eng yuqori o‘rinni "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta egalladi. Yarim himoyachi hozirda Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi sharafini himoya qiladi.
Fikrlar