
Florentino Peres: Ramosni yaxshi ko‘raman
“Real” Madrid prezidenti Florentino Peres himoyachi Serxio Ramosning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi. 35 yoshli futbolchining “qirollik klubi” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etadi.
“Men Serxioni yaxshi ko‘raman, ammo hozirda klub moliyaviy muammoga duch kelmoqda. Hech kim “Real”ga sarmoya kiritmayapti. U ketadimi? Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Mavsum oxirida ushbu masalani ko‘rib chiqamiz”, - dedi Peres.
Serxio Ramos 2005 yildan buyon “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 466 ta o‘yinda maydonga tushdi va 76 ta gol urishga erishdi.
So‘nggi paytlarda Ramosga “Manchester Siti”dan jiddiy takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Xaridorlar orasida PSJ ham bor.
Fikrlar